Argentinada ilgari fanga ma’lum bo‘lmagan dinozavrning qoldiqlari topildi

© CONICET Pablo Gallina na fone rekonstruksii skeleta zauropoda — Bajadasaurus pronuspinax
 Pablo Gallina na fone rekonstruksii skeleta zauropoda — Bajadasaurus pronuspinax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, o‘txo‘r dinozavr bundan 140 million yil yashagan. Dinozavr qoldiqlar Buenos-Ayresdagi Ilmiy-madaniy markazda namoyishga qo‘yildi.

TOShKENT, 5 fev – Sputnik. Argentinada orqasidagi uzun ignalar yordamida yirtqich hayvonlarni qo‘rqitgan dinozavr yangi turining qoldiqlari topildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Bolshaya golubaya dira — krupnaya golubaya dira, raspolojennaya v sentre Laytxaus-Rifa, atolla v sostave Belizskogo baryernogo rifa.  - Sputnik O‘zbekiston
Okean tubiga sayohat: Moviy tuynuk sirlari ochildi

Ta’kidlanishicha, o‘txo‘r dinozavr bundan 140 million yil yashagan. Dinozavr qoldiqlar Buenos-Ayresdagi Ilmiy-madaniy markazda namoyishga qo‘yildi. Dinozavrning dikreozavridlar oilasiga mansub yangi turi Bajadasaurus pronuspinax nomini oldi.

Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, Bajadasaurus dinozavrining bo‘yin va orqa qismida joylashgan juda uzun, o‘tkir va nozik ignalar yirtqich hayvonlarni qo‘rqitish uchun xizmat qilgan.

Shuningdek, ekspertlar taxminiga ko‘ra, ushbu ignalar hayvon tanasidagi haroratni doim bir xil bo‘lib turishiga xizmat qilib, uni yanada ko‘rkam qilib ko‘rsatgan.

Tadqiqot natijalari Scientific Reports ilmiy jurnalda e’lon qilingan.

Yangiliklar lentasi
0