Tojikistonlik mashhur xonanda tug‘ilgan kunini restoranda nishonlagani uchun jarimaga tortildi

© Sputnik Amir IsayevFiruza Xafizova
Firuza Xafizova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojik estradasi yulduzi tavallud ayyomini restoranda dabdaba bilan nishonlab, “Urf-odatlar, bayramlar va marosimlarni tartibga solish to‘g‘risida”dagi qonunni buzgan.

TOShKENT, 4 fevr – Sputnik. Dushanbe shahri Ismoil Somoniy tuman sudi tojik estradasi yulduzi xonanda Firuza Hafizovani besh ming somoniy (530 dollar) miqdorida jarimaga tortdi.

Tojikistonning “Axbor” dasturi efirida ma’lum qilinishicha, xonanda tavallud ayyomiga o‘z hamkasblarini dav’at qilib, dabdaba bilan nishonlagan.

Rabota sotrudnikov militsii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
To‘y kortejlariga qarshi: IIBB to‘rtta "Range Rover" haydovchisini jarimaga tortdi

Tojikiston qonunchiligiga ko‘ra, ushbu ayyom faqat oila davrasida, ortiqcha sarf-xarajatsiz hamda dabdabasiz nishonlanishi kerak.

Instagram ijtimoiy tarmoq olamida tarqalib ketgan tavallud ayyom kechasidagi video sud tomonidan xonandaning aybdorligi dalili sifatida ko‘rsatilgan.

Ayni vaqtda O‘zbekiston hukumati to‘ylarni dabdabasiz o‘tkazishga chaqirmoqda. Toshkent shahar Olmazor tumani deputati Baxtiyor Sagatovning so‘zlariga ko‘ra, dabdabali to‘ylar uchun oilalar katta-katta mablag‘larni sarflashga majbur bo‘lishadi. Oilalarning aksariyati mana shu maqsadda kredit olishga majbur bo‘lmoqda. Bu pullarni muhimroq maqsadlar, masalan, kelajakda tug‘iladigan farzandlar ta’limiga sarflash mumkin, deya qayd etgan edi.

Yangiliklar lentasi
0