Toshkentlik to‘rtovlon “qiz bola tufayli” janjallashdi: ulardan biri vafot etdi

© SputnikUbiystvo nojom
Ubiystvo nojom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hodisa poytaxtning Mirobod tumanida sodir bo‘ldi. Janjal ishtirokchilaridan biri muqaddam sudlangan.

TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Toshkentlik Temur M. do‘stiga yordam berish uchun keldi, natijada esa kasalxonada hushiga kelmay vafot etadi.

“Uchinchi fevral kuni soat taxminan 23:40 da Mirobod tumanidagi Sarikul ko‘chasida muqaddam sudlangan 22 yoshli Sulaymon S. va 19 yoshli Sergey F. o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Janjal ishtirokchilarining ma’lum qilishicha, janjal qiz bola sababli yuzaga kelgan”, - deyiladi. Toshkent  shahar IIBB matbuot xizmati xabarida.

Janjalga Sergey do‘stlari – 21 yoshli Serikbay K. va 16 yoshli Temur M.ni chaqirgan. Mushtlashuv vaqtida 22 yoshli Sulaymon S. Temur M.ni pichoqlab, hodisa joyidan yashiringan.

Jabrlanuvchi kasalxonaga olib borildi, ammo shifokorlar uning hayotini saqlab qolisholmadi. Yigit hushiga kelmay vafot etdi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan (Qasddan odam o‘ldirish) jinoiy ish ochilgan. Gumon qilinuvchi qo‘lga olingan.

Yangiliklar lentasi
0