TOShKENT, 4 fev - Sputnik. “Kardiff” klubining argentinalik hujumchisi Emiliano Sala uchgan samolyot halokatga uchragan joy La-Mansh bo‘g‘ozida halok bo‘lgan kishining tanasi topildi. Bu haqda RIA Novosti Britaniyaning Havo trasportidagi hodisalarni tekshirish bo‘limi (AAIB) xabariga asoslangan holda xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, dron orqali tasvirga olingan video tufayli aniqlashni imkoni bo‘lgan.
Hozirda xodimlar uchuvchi va futbolchining qarindoshlari bilan keyingi qarorlarni qabul qilish maqsadida maslahat ishlarini olib borishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq bortida “Kardiff Siti” futbolchisi Emiliano Sala bo‘lgan yo‘qolib qolgan samolyot parchalari qidiruvchi kema yordamida La-Mansh bo‘g‘ozi tubida topilgani haqida xabar qilgan edik.