Toshkent – Bishkek avtobus qatnovi qayta tiklandi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishAvtobus
Avtobus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni damda Qirg‘iziston va O‘zbekiston transpor vazirliklari yangi jadvalni muvofiqlashtirishmoqda.

TOShKENT, 3 fev - Sputnik. “Toshkent – Bishkek” avtobus qatnovi, 1-fevraldan kuchga kirgan jadvalga muvofiq, qayta tiklandi, deb xabar qilmoqda 24.kg  nashri Qirg‘iziston Transport va yo‘llar vazirligi xabariga asosan.

“Yangi jadval o‘zaro muvofiqlashtirilguniga qadar “Toshkent – Bishkek” qatnovi amalga oshirilishda davom etadi. Ayni damda transpor vazirligi O‘zbekiston avtomobil transporti vazirligi bilan yangi jadvalni muvofiqlashtirmoqda” – deyilgan xabarda.

Shuningdek, Qirg‘iziston transport vazirligi Qozog‘iston infratuzilma va rivojlanish vazirligi bilan “Toshkent – Bishkek” qatnovining Qozog‘iston hududidan tranzit o‘tishi borasida muzokaralar o‘tkazgani va tomonlar ushbu yangi jadvali bo‘yicha konsensusga erishgani xabar qilingan.  

Eslatib o‘tamiz, fevral oyining boshida yangi jadval Qozog‘iston tomonidan tasdiqlanmagani tufayli, ushbu avtobus qatnovi vaqtincha to‘xtatilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0