Yoqutistonlik odamovi

Obuna bo‘lish
"Odamlar orasida 2 kundan ortiq yashay olmayman", - deydi Timofey.

Rossiyaning Yoqutiston o‘lkasida yashovchi Timofey Menshikov nomli kishi 30-yildan beri odamlardan uzoqda yolg‘izlikda yashaydi. U iti va mushugi bilan bir o‘zi yog‘och va tuproqdan yasalgan uychada yashaydi.

Timofey asosan o‘zi tutgan baliq va o‘rmon jonzotlari bilan ovqatlanadi. Tanish ovchilar unga har zamonda un, moy, tuz va choy keltirib berishadi. Ba’zida badiiy kitoblar ham olib kelishadi.

Aytishlariga qaraganda, Timofey Menshikov bolalar uyida katta bo‘lgan. Voyaga yetganidan keyin o‘z aka-singillarini bir necha yil davomida izlab topa olmagan. Shundan so‘ng u yolg‘izlikda yashashga qaror qilgan.

Yangiliklar lentasi
0