Nike firmasi poyabzal tovonidagi "Alloh" yozuvi tufayli musulmonlar g‘azabiga yo‘liqdi

© InstagramMusulmane obvinili brend krossovok iz-za nadpisi na podoshve
Musulmane obvinili brend krossovok iz-za nadpisi na podoshve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mashhur sport brendiga qarshi boykotni 19 mingdan ziyod kishi qo‘llab-quvvatlagan.

TOShKENT, 2 fev - Sputnik. Internetda Nike firmasiga qarshi tag qismida arabcha "Alloh" deb yozilgan krossovkalarni qaytarib olish talabi qo‘yilgan petitsiya paydo bo‘ldi.

Sport brendiga qarshi boykotni 19 mingdan ortiq kishi qo‘llab-quvvatlagan.

"Poyabzal ost qismida joylashgan logotip loy yoki nopok joylarga bosilganda ifloslanadi. Xudo nomini botinkaga joylash - bu juda xunuk va dahshatli. Bu musulmonlarga va islom diniga sig‘inuvchilarga nisbatan qattiq qo‘pollik va hurmatsizlik. Islom barcha odamlarga nisbatan rahmdil, ezgu va adolatli bo‘lishga o‘rgatadi", — deb yozadi petitsiya muallifi.

Nike vakillari rasmiy bayonot e’lon qilishgan va unda brend "barcha dinlarni hurmat qilishliklarini va har qanday xavfsirashni o‘ta jiddiylik bilan qabul qilishlarini" qayd etganlar.

Ular, shuningdek, har qanday tasodif ataydan qilinmaganini qo‘shimcha qilganlar.

Yangiliklar lentasi
0