Tramp prezidentlik davrida juda ko‘p pul yo‘qotganligini tan oldi

© Sputnik / Aleksey VitviskiyPress-konferensiya prezidenta SShA D. Trampa na sammite NATO
Press-konferensiya prezidenta SShA D. Trampa na sammite NATO - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Donald Tramp davlat rahbari lavozimida bo‘lgan davrda ko‘p pul yo‘qotganligini ma’lum qildi.

TOShKENT, 1 fev – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp davlat rahbari lavozimida ko‘p pul yo‘qotganligini ma’lum qildi. Biroq baribir u o‘z ishini yaxshi ko‘rishini aytdi. RIA Novosti xabariga asosan.

“Men bu ish bilan shug‘ullanib, juda ko‘p pullarni yo‘qotdim. Bu ish pul olib kelmaydi. Baxtimga, menga pul kerak emas... Kimdir biron bir mamlakatdan mehmonxonada qolganini aytmoqda. "Ha" deb javob beraman, biroq yo‘qotmoqdaman. Bu raqamlar juda katta”, - dedi prezident The New York Times nashriga bergan intervyuda.

Demonstrant brosayet obratno kanistru so slezotochivim gazom vo vremya stolknoveniya s Natsionalnoy gvardiyey Venesueli  - Sputnik O‘zbekiston
Tramp Guaidoni “prezidentlikni boshlagani” bilan tabrikladi

Tramp o‘z ishini yaxshi ko‘rishi va ikkinchi muddatga o‘z nomzodini qo‘yishini ma’lum qildi.

2018 yil boshida Public Citizen iste’molchilar huquqlarini himoya qiluvchi notijorat tashkiloti hisobotni e’lon qildi. Unda 2017-yilda 4 ta davlat vakillari, 16 ta alohida guruh va 35 ta kompaniya qo‘mitalari vakillari AQSh prezidenti Donald Trampga qarashli bo‘lgan mehmonxona va klublarida pullarni sarflashganligi qayd etilgan.

Hisobot mualliflarining fikriga ko‘ra, Trampga tegishli bo‘lgan kompaniyalar u prezident etib saylanishidan foyda ko‘rishdi. AQSh siyosatchilari Tramp mehmonxonalarida 60 dan ortiq marta qolishgan va tushlik qilishgan.

Yangiliklar lentasi
0