Olmaliq, Chirchiq, Angren bosh rejalari tasdiqlandi

© FacebookSIZ "Angren"
SIZ Angren - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Energiya tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yo‘li bilan suv ta’minoti, kanalizatsiya, elektr, gaz, issiqlik ta’minoti modernizatsiya qilinadi.

TOShKENT, 1 fev – Sputnik. Hukumatning tegishli qarorlari bilan Olmaliq, Chirchiq shaharlarining 2035-yilgacha, Angren shahrining 2032-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan bosh rejalari tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar qildi.

Qarorlarga muvofiq, Olmaliq, Chirchiq va Angren shaharlari kompleks quriladi.

Shahar yerlaridan maqsadsiz foydalanishga va noqonuniy qurilishlarni amalga oshirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatiladi.

Toshkent viloyati prokuraturasi talon-toroj qilingan yerlarni qaytarmoqda

Energiya tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yo‘li bilan suv ta’minoti, kanalizatsiya, elektr, gaz, issiqlik ta’minoti modernizatsiya qilinadi.

Hududlarning shaharsozlik qiyofasini shakllantiruvchi maydonlar, xiyobonlar va bog‘lar rekonstruksiya qilinadi va yangilari quriladi.

Shaharlarning atrof-muhitini muhofaza qilish tizimi ishlab chiqiladi.

Yangiliklar lentasi
0