Olimlar miyani yoshartirish usulini topishdi

Obuna bo‘lish
Olimlar ko‘ngillilarga yarim yil davomida bir necha sport turlari bilan shug‘ullanishni taklif qilishdi. Tadqiqot natijalari barchani xursand qildi.

TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Muntazam aerobik mashqlar yordamida miyani ancha yoshartirish mumkin, chunki ular aqliy faoliyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, deb yozadi "Izvestiya" nashri.

Rabota za kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston
Nima sababdan tunda ishlash zararli – tadqiqot natijalari

Kolumbiya universiteti (AQSh) olimlari tadqiqot o‘tkazib, shunday xulosa kelishgan.  Ularning so‘zlariga ko‘ra, tadqiqot natijalarini barcha yoshdagi kishilarda sinab ko‘rish mumkin. Aytish joizki, yosh  o‘tgan sari jismoniy mashqlarning organizmga bo‘lgan ijobiy ta’siri faqat ortib boradi.

Britaniyalik olimlar saratonning yettita asosiy alomatlarini sanab o‘tishdi

Mutaxassislar 20 yoshdan 67 yoshgacha bo‘lgan 132 nafar ko‘ngillilarga yarim yil davomida haftasiga to‘rt marta turli sport turlari bilan shug‘ullanishlarini taklif qilishadi. Tadqiqot yakunidan so‘ng olimlar mashqlarning xotiraga, diqqatni bir joyga to‘plashga, maqsadga intilishga, ish faoliyatni tashkillashtirish va fe’l-atvorini nazorat qilishga bo‘lgan ta’sirini baholashadi.

Tish tozalamaslik impotensiyaga olib keladi - olimlar

Jismoniy mashqlarni to‘liq bajargan 94 kishining barchasida ijobiy o‘zgarishlar qayd etilgan. Aerobika bilan shug‘ullanish eng samarali deb tan olingan. Tadqiqotchilar mashqlarni bajargan kishilarning nafaqat miyaning bajarish vazifalari yaxshilagan, balki uning sirtqi qavatdagi yo‘g‘onligi ortgan.

Shuningdek, aerobik mashqlar ilm olishga bo‘lgan qobiliyatni kuchaytiradi va o‘z bahosini yuqori qo‘yishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Yangiliklar lentasi
0