TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Pokiston fuqarolaridan birining oyog‘i chivin chaqqandan so‘ng misli ko‘rilmagan darajada shishib ketdi.
Besh farzandning otasi Shahid Husseyn o‘zining ulkan oyoqlari tufayli “majruh” bo‘lib qolgan va o‘rnidan turolmaydi, deb yozadi The Sun.
Shahid Husseyn Pokistonning Sind viloyatidagi Shaushahro-Feroz okrugida istiqomat qiladi. U elefantiaz yoxud fil kasalligiga mubtalo bo‘lgan. Uning so‘zlariga qaragan, besh yil ilgari chivin chaqqandan so‘ng kuchayib ketgan.
Fil kasalligi – teri va teri osti to‘qimasining shish kasalmandligi hisobiga tanadagi biror bir qismining kattalashib ketishi. Uning rivojlanishiga parazit nematodlar (dumaloq chuvalchanglar (qurtlar) sabab bo‘ladi. Parazit inson organizmiga chivin chaqishi orqali kiradi.
Pokistonlik jamoatchilik va hukumatga moliyaviy yordam ko‘rsatishlarini so‘rab, murojaat qildi. Chunki u sog‘ligidan ayrilib, davolanishi uchun pul ishlay olmaydi.
“Hayotim juda go‘zal edi, biroq hammasi o‘zgarib ketdi. Pul yo‘q. Qizimning to‘yiga ishlataman deb yig‘ib qo‘ygan pullarni sarflab bo‘ldik. Men taqinchoqlarimni sotdim, hozir esa qarindoshlarimizning qo‘liga qarab qolganmiz. Nima qilishni bilmaymiz”, - deya iqtibos keltiradi uning rafiqasi Fotimaning so‘zlaridan Daily Mail nashri.
Mutaxassislar unga Islomobodda joylashgan Tibbiyot fanlari institutiga murojaat qilishni tavsiya qilishmoqda. Ammo hozir erkakning davolanish uchun mablag‘i yo‘q.