TOShKENT, 1 fev – Sputnik. Abdusalom Azizov AQSh Markaziy qo‘mondonligi rahbariyati bilan Florida shtatidagi Tampa shahrida uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda keltirilishicha, suhbat davomida ikki mamlakat Markaziy Osiyo va dunyoda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, harbiy kadrlarni tayyorlash, hamkorlikdagi mashg‘ulot va treninglarni o‘tkazish, shuningdek istiqboldagi harbiy hamkorlikning boshqa aktual masalalarini muhokama qilishdi.
Shuningdek, O‘zbekiston harbiy delegatsiyasi CENTCOM qo‘mondonligiga tashrifi chog‘ida Strategik tahlil hamkorlikdagi guruh hamda Koalitsiyaviy muvofiqlashtiruv markazining funksiyalari bilan tanishdi.
“Janubiy zarba” – Missisipi shtati Milliy gvardiyasi tomonidan har yili o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotlari. Maqsadi – quruqlikdagi, suvdagi va havodagi turli qo‘shin turlarining qo‘shma harakatlarini mashq qilish.
O‘zbekiston Mudofaa vaziri ilk bor AQShdagi harbiy o‘quv mashg‘ulotlarini kuzatadi
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Abdusalom Azizov boshchiligidagi harbiy delegatsiya mamlakatimiz maxsus bo‘linma harbiy xizmatchilari ishtirokida AQShning Kemp-Shelbi harbiy bazasi (Missisipi shtati)da o‘tkazilgan “Janubiy zarba” hamkorlikdagi mashg‘ulotlarni kuzatish hamda CENTCOM qo‘mondonligi bilan ikki tomonlama harbiy hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun AQShga rasmiy tashrif bilan jo‘nab ketgani haqida xabar bergandik.