Volgogradda migrantlar qalbaki alkogol ishlab chiqarish sexini tashkil etishdi

Obuna bo‘lish
O‘z faoliyati davomida jinoyatchilar 65 million rubl miqdorida noqonuniy daromadni qo‘lga kiritishgan.

TOShKENT, 31 yanv – Sputnik. Rossiyaning Volgograd shahrida yashirin sexda qalbaki alkogol ichimligini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan shaxslar qonun oldida javob bermoqda.

Mintaqadagi IIV BB matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolaridan iborat 20 kishi tashlandiq parranda fabrikasida antisanitar sharoitlarda sun’iy alkogol ichimligini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishgan. Ularning 20 dan 50 yoshgacha ekanligi ma’lum qilingan.

Ta’kidlanishicha, ular ichimlik shishalariga qalbaki turli brend aksiz markalari va etiketkalarini yopishtirishgan. So‘ngra ushbu mahsulotlarni Rossiyaning turli mintaqalarida sotishni yo‘lga qo‘yishgan. 2015-yilning may oyidan dekabrigacha jinoyatchilar 65 million rubl miqdorida noqonuniy daromadni qo‘lga kiritishgan.

© Ofitsialniy sayt Ministerstva vnutrennix del Rossiyskoy FederatsiiRossiyaning Volgograd shahridagi qalbaki alkogol ichimligini ishlab chiqaruvchi yashirin sex.
Volgogradda migrantlar qalbaki alkogol ishlab chiqarish sexini tashkil etishdi - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning Volgograd shahridagi qalbaki alkogol ichimligini ishlab chiqaruvchi yashirin sex.

Ularning g‘ayriqonuniy faoliyati 2015-yil dekabr oyida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan oshkor etilib, chek qo‘yilgan. Mazkur jinoiy ish yuzasidan qariyb 400 ming dona alkogol ichimligi musodara qilingan.

Mazkur jinoiy ishga aloqador bo‘lgan shaxslardan 18 kishi sud qilingan va turli jazo muddati tayinlangan. Ammo jinoiy guruhning ikkita a’zosi qochishga muvaffaq bo‘lgan. Hozir qidiruvda bo‘lgan shaxslardan biri qo‘lga olingan va unga nisbatan jinoiy ish Volgograd viloyati Gorodishensk tuman sudida ko‘rib chiqilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0