Qozog‘iston o‘z hududi orqali Bishkek-Toshkent avtobus qatnovini to‘xtatdi

© Sputnik / Valeriy MorevAvtobus na granitse
Avtobus na granitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston sabablarini tushuntirmagan holda o‘z hududi orqali Bishkek-Toshkent xalqaro tranzit yo‘nalishidagi avtobus qatnovini to‘xtatdi.

TOShKENT, 31 yanv – Sputnik. Qozog‘iston bir tomonlama tartibda o‘z hududi orqali Bishkek-Toshkent xalqaro tranzit yo‘nalishidagi avtobus qatnovini to‘xtatdi. Bu haqda Qirg‘iziston transport vazirligi xabar qildi.

Bishkek-Toshkent xalqaro avtobus qatnovi – o‘tgan yilning aprel oyida Qirg‘iziston va O‘zbekiston prezidentlari uchrashuvi yakunlari bo‘yicha ochilgandi.

Ushbu tranzit yo‘nalishi qo‘shni Qozog‘iston hududi orqali o‘tadi. Qatnov Qirg‘iziston va O‘zbekiston ikki yirik transport kompaniyalari tomonidan xizmat ko‘rsatiladi.

Noviy avtobusniy marshrut soyedinit Tashkent i Turkestan - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent - Turkiston yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

“Qirg‘iziston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organlari bilan kelishilmagan holda Qozog‘iston Respublikasi vakolatli davlat organlari tomonidan “Xalqaro avtomobil transportida yo‘lovchi va yuk tashish to‘g‘risida”gi Konvensiyasi talablarini buzgan holda Bishkek-Toshkent xalqaro avtobus qatnovini amalga oshiradigan avtobuslarning tranzit o‘tishi to‘xtatildi”, - deb ma’lum qildi Qirg‘iziston transport va yo‘l vazirligi matbuot xizmati.

Vazirlikda ma’lum qilishicha, bundan avval Qozog‘iston tomoni ushbu yo‘nalishda avtobuslar qatnoviga o‘zgartirishlar kiritishni so‘ragandi. Shundan so‘ng Toshkent va Bishkek yangi qatnov jadvalini ishlab chiqib, o‘tgan yilning noyabr oyida Qozog‘iston vakolatli organlariga yuborilgandi.

Yangi jadval “hozirgi vaqtgacha Qozog‘iston tomonidan kelishilmagan”.

Qirg‘iziston transport vazirligi xabar qilishicha, Qirg‘iziston va Qozog‘iston vakolatli organlari o‘rtasida bu masalani hal qilish bo‘yicha muzokara jarayonlari amalga oshirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0