TOShKENT, 31 yanv - Sputnik. Toshkent shahar hokimi Jahongir Artikxodjayev Tashkent Cityni qurishda qanday sinovlarga duch kelgani xususida gapirib berdi.
"Tashkent City" loyihasi rahbari bo‘lgan vaqtim davlat rahbari taklifi bilan men qurilishni uch yil ichida tamomlashim kerak edi. Men 700dan oshiq investor bilan gaplashdim. Birortasi rozi bo‘lmadi, chunki bu joy jozibadorligi yo‘q edi. Bu loyihaning 3-yilda amalga oshishiga birorta ham kompaniya ishonmagan. Keyin men o‘zim bilgan yirik kompaniyalarga — Murad Buildings (4-lot), Real House (2- lot) taklif kiritdim va bu loyihaning jozibadorligini tushuntirdim. Bu ishni bitishi qanchalik qiyin bo‘lmasin, ular bunga jazm qilishdi", - dedi Artikxodjayev va "O‘zbekistonda bu kabi yuragi, jasorati bor tadbirkorlar ko‘proq bo‘lishini istardim", deya qo‘shimcha qildi.
Hokim Tashkent City loyihasining barcha ishtirokchilari uchun bir xil shartlar taklif etilganini aytdi.
Artikxodjayev Toshkent siti haqida nima degan edi >>>
"Boshqa investorlarga kelsak, mahalliy kompaniyalardan Family Group bor. Uchta milliy bank bor. Tan olaman, banklar ham avvaliga ishonishmadi. Men banklarga bordim, boshqaruv bilan gaplashdim, istiqbollarni tushuntirdim. Yakunda uylar buzilib, odamlar ko‘chishni, binolar qurilishi boshlanganidan keyin banklar ham joy olishni boshladi. Biroq barcha ishtirokchilar uchun shartlar bir xil: 1 sotix — 20 ming dollar yoki bir gektar — 2 mln dollar. Barcha uchun bir xil summa", — dedi u.