Toshkentda 15 kilogramm simobni 100 ming dollarga sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi

© Press-slujba GTK RUzPresechen fakt sbita yadovitogo veshestva "rtut" v kolichestve 15 kilogramm
Presechen fakt sbita yadovitogo veshestva rtut v kolichestve 15 kilogramm - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Simob nihoyatda zaharli moddalar qatoriga kiradi. Ayniqsa, uning ochiq holda bug‘lanib havoda tarqalishi inson sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

TOShKENT, 30 yanv – Sputnik. Toshkentda 15 kilogramm simobni 100 ming dollariga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi xabar qildi.

“Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan Bektemir tumanida  o‘tkazilgan tadbir davomida fuqarolar D.A. va Z.A. “shartli xaridor”ga 15 kilogramm simobni 100 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi”, - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, mazkur holat bo‘yicha tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Hozirda tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Simob nihoyatda zaharli moddalar qatoriga kiradi. Ayniqsa, uning ochiq holda bug‘lanib havoda tarqalishi inson sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0