Chet elga ketgan O‘zbekiston fuqarolari soni ikki baravarga oshdi

CC0 / Pixabay / Passajiri v aeroportu
Passajiri v aeroportu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chet elga ketgan O‘zbekiston fuqarolarining asosiy qismi MDH davlatlaridan Qozog‘istonda qayd etilgan.

TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. 2018 yilda mamlakatdan chiqqan O‘zbekiston fuqarolarining soni 13,8 million kishini tashkil etadi. Ushbu ko‘rsatgich 2017-yilga qaraganda ikki baravarga ortiqroq, deb xabar qildi O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi.

“Oxirgi ikki yilda chet elga tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining soni sezilarli darajada ortdi. Masalan, 2017-yilda bu ko‘rsatkich 6,8 million kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2018-yilda esa 13,8 million kishini tashkil etdi”, - deyiladi qo‘mita taqdim etgan statistika ma’lumotlarda.

Shu bilan birga ketgan O‘zbekiston  fuqarolarining 57,8 foiz (8002,6 ming kishi) erkaklar, 42,2 foiz (5836,0 ming kishi) ayollarni tashkil etadi.

MDH davlatlariga ketgan O‘zbekiston fuqarolari 13,3 mln kishini tashkil etgan bo‘lib, bu jami tashrif buyurganlarning 96, foizni tashkil etadi, uzoq xorijiy davlatlarga esa 530,6 ming kishi (yoki 3,8 foiz) tashrif buyurgan.

Chet elga ketgan O‘zbekiston fuqarolarining asosiy qismi MDH davlatlaridan Qozog‘iston Respublikasiga 51,6 foiz (7,1 mln kishi), Qirg‘iziston Respublikasiga 23,1 foiz (3,1 mln kishi) va Rossiyaga 8,5 foiz (1,1 mln kishi) tashrif buyurgan. Uzoq xorijiy davlatlardan esa Janubiy Koreyaga (79,7 ming kishi), Xitoy, AQSh, Germaniyaga tashrif buyurgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi rossiyalik turistlar soni 2018-yilda uch baravarga oshgani haqida xabar qilgandik.

Yangiliklar lentasi
0