TOSHKENT, 29 yanv - Sputnik. Oʻzbekiston ichki ishlar vazirligi yoʻl harakati qoidalarini buzganligi uchun jarimani oʻz vaqtida toʻlamagan haydovchilarga murojaat qildi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.
30 yanvar kunidan, yaʼni ertadan boshlab, Toshkent shahar IIBB YHXB, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturisi huzuridagi MIB xodimlari bilan hamkorligida yoʻl harakati qoidalarini buzganligi uchun jarimani oʻz vaqtida toʻlamagan haydovchilarni aniqlash va ularning avtotransport vositalarini jarima maydonchalariga kiritish tadbirlari boshlanadi.
Xabarga koʻra, yoʻl-patrul xizmati inspektorlariga poytaxt koʻchalarida maxsus uskuna yordam beradi.
Ushbu uskuna barcha avtomobillar davlat raqamlarini roʻyxatdan oʻtkazadi va avtomatik tarzda ikki oy davomida jarimasini toʻlamasdan yurgan haydovchilarni (qoidabuzarlikning sanasi, sodir etilgan soatigacha aniqlab berishi aytilmoqda) aniqlab beradi.