Sport

Nurmagomedov va Makgregor Nevada shtati komissiyasi bilan kelishuvga erishdi

© AP Photo/John LocherBoy mejdu Xabibom Nurmagomedovыm i Konorom MakGregorom
Boy mejdu Xabibom Nurmagomedovыm i Konorom MakGregorom - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Nevada shtati Atletik komissiyasi (NSAC) aʼzolari kelishuv shartlarini qabul qilish yoki qilmaslikni hal qilishadi.

TOSHKENT, 29 yanv — Sputnik. Rossiyalik aralash yakkakurash jangchisi Habib Nurmagomedov va irlandiyalik Konor Makgregor Nevada shtati Atletik komissiyasi (NSAC) bilan UFC 229 jang oqshomida yuzaga kelgan janjal boʻyicha tinchlik bitimini imzolashdi va uning yigʻilishida ishtirok etishmaydi, deb yozadi Las Vegas Review-Journal.

Chestvovaniye Xabiba Nurmagomedova v Maxachkale - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Habib Nurmagomedovning otasi oʻgʻli qachon karyerasini yakunlashini maʼlum qildi

Xabarda keltirilishicha, 29 yanvar, seshanba kuni boʻlib oʻtadigan yigʻilishda NSAC aʼzolari kelishuv shartlarini qabul qilish yoki qilmaslikni hal qilishadi.

Eslatib oʻtamiz, aralash yakkakurash boʻyicha jangchilar Nurmagomedov va Makgregorning katta mojaro bilan yakunlangan mushtlashuvi oʻtgan yil 6 oktyabr sanasida Las-Vegasdagi T-Mobile arenasida oʻtkazilgan edi. Habib boʻgʻuvchi usulni qoʻllab, gʻalaba qozongandi. Ammo keyin oktagon toʻridan sakrab, Makgregorning sparring-sherigi Dillon Denis bilan jang uyushtirgandi. Shu tufayli unga nisbatan jarima sanktsiyalari qoʻllanilgan edi. Habib keyingi janglardan chetlatilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0