2018 yilda eng ko‘p sotilgan foydalanilgan avtomobillar

© StringerAvtomobil "Deu Neksiya"
Avtomobil Deu Neksiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2018-yilda eng bozori chaqqon foydalanilgan avtomobillar nomi e’lon qilindi.

TOShKENT, 29 yanv – Sputnik. OLX - internet e’lonlar xizmati 2018-yilning ikkinchi yarmida O‘zbekiston bozorida qanday foydalanilgan avtomobillar eng ko‘p sotilganini xabar qildi.

Hisobotda aytilishiga ko‘ra, O‘zbekiston ikkilamchi bozorda eng ko‘p sotilgan avtomobil Nexia, ikkinchi o‘rinda— Spark, uchinchi o‘rinda esa— Lacetti ekan.

Internet e’lonlar sayti orqali barcha sotilgan avtomobillarning 60% Chevrolet, 14% - LADA (VAZ) va 10% -Daewoo markalariga to‘g‘ri kelar ekan.

Aytish joizki olx.uz  O‘zbekistonda eng yirik xususiy internet e’lonlar sahifasidir. E’lonlar orasida eng ommaviy bo‘lim  – avtomobillar haqida. Bugungi kunda bu yerda avtomobillar sotilishi haqia 17 700 ta e’lonlar bor.

Sahifa xabariga ko‘ra sotuvga qo‘yilgan avtomobillar orasida eng qimmati Lamborghini Urus I, bo‘lib uning narxi 405 ming $ni tashkil qiladi.

Yangiliklar lentasi
0