“O‘zcharmsanoat” rahbari investitsiyalar va tashqi savdo vaziri bo‘ldi

© UzcharmsanoatSardor Umurzakov
Sardor Umurzakov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“O‘zcharmsanoat” assotsiatsiyasi rahbari Sardor Umurzakov yangi tashkil qilingan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rahbari bo‘ldi.  

TOShKENT, 28 yanv – Sputnik. “O‘zcharmsanoat” assotsiatsiyasi rahbari Sardor O‘ktamovich Umurzakov O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri etib tayinlandi, deb xabar qilmoqda Assotsiatsiya matbuot xizmati.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 29-yanvardagi qaroriga asosan shu vaqtga qadar “O‘zcharmsanoat” assotsiatsiyasi rahbari lavozimida ishlab kelgan Umurzakov Sardor Uktamovich Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri etib tayinlandi”, - deyilgan xabarda.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Investitsiyalar bo‘yicha O‘zbekiston Davlat qo‘mitasi hamda Tashqi savdo vazirligining qo‘shilishi hisobidan tashkil qilingan.

Sardor Umurzakov boshchiligida “O‘zcharmsanoat” Assotsiatsiyasi 2017-2018 yillar davomida muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan. Xususan eksport hajmi 50 %ga oshib, O‘zbekistonga poyabzal importi 2 baravar kamaygan. Ayni damda sohada 100dan ortiq sarmoyaviy loyihalar amalga oshirilmoqda.

Sardor Umurzakov 1977-yilda tug‘ilgan, Toshkent Iqtisodiy universitetini yakunlagan. Buyuk Britaniyadagi Reding universitetida magistraturani yakunlab YeBRR hamda O‘zbekiston moliya tizimlarida bir necha yil ishlagan.

Yangiliklar lentasi
0