Suriya birinchi xonimi Asma Asad saraton kasaliga qarshi kurashmoqda

© InstagramPervaya ledi Sirii Asma Asad boretsya s rakom
Pervaya ledi Sirii Asma Asad boretsya s rakom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suriya prezidenti Bashar Asadning 43 yoshli rafiqasi 2018-yilning avgust oyidan beri ko‘krak saratoniga qarshi kursh olib bormoqda.

TOShKENT, 28 yanv – Sputnik. Suriya birinchi xonimi Asma Asad o‘tgan yilnig avgust oyida saraton bezini olib tashlash bo‘yicha operatsiyani boshidan o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda ABC News.

Bashar Asadning 43 yoshli rafiqasi 2018-yilning avgust oyidan beri ko‘krak saratoniga qarshi kursh olib bormoqda. Dastlabki bosqichda u kimoviy davolanishdan o‘tgan.

“Asad xonim zararli ko‘krak saratoniga qarshi davolanishni davom ettirmoqda. Harbiy gospitalda o‘tkazilgan operatsiya muvaffaqiyatli bo‘ldi”, - deyilgan suriya prezidenti ma’muriyati xabarida.

Asma Asad xonimda ko‘krak saratoni kasalligi topilgani haqida, dastlab 2018-yilning avgust oyida ma’lum bo‘lgan edi. Birinchi xonimning o‘zi bu haqida fuqarolarga e’lon qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Asma Asad 1975-yilda Londonda Suriyalik migrantlar oilasida tug‘ilib o‘sgan. Suriya birinchi xonimi bo‘lishi bilanoq, Asma Asad tez orada xalq muhabbatini qozondi. Asad xonim asosiy vaqtini xayrli ishlarga bag‘ishlagan, ayniqsa qishloq joylarda yashayotgan ayollar va bolalar muammolari bilan faol shug‘ullanib kelmoqda.

Publikatsiya ot The First Lady Asma al Assad (@asmaalassad)

Yangiliklar lentasi
0