O‘zbekiston hukumatidagi o‘zgarishlar: Elor G‘aniyev bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

© Mejdunarodniy press-klubMinistr vneshney torgovli Uzbekistana Elyor Ganiyev
Ministr vneshney torgovli Uzbekistana Elyor Ganiyev  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
G‘aniyev 2018-yil 27-avgustdan prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

TOShKENT, 28 yanv – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari Elor G‘aniyev bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlangan. Bu haqda RIA Novosti o‘z manbaasiga asosan xabar qildi.

Zdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Bosh prokuraturada yangi tayinlov amalga oshirildi

U Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbariga aylandi.

Elor G‘aniyev 1997-2002 yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri, 2002-2005 yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi (bosh vazir o‘rinbosari), 2005-2006 yillarda tashqi ishlar vaziri (bosh vazir o‘rinbosari), 2006-2010 yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri bo‘lib ishlagan.

G‘aniyev 2010-2012 yillarda yana Tashqi ishlar vaziri (O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari), 2012-yil yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi rahbari sifatida faoliyat ko‘rsata boshlagandi.

2017 yil noyabr oyi oxirlaridan - prezident devonida sektor boshlig‘i, 2018-yil 27-avgustdan - prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari.

Yangiliklar lentasi
0