Do‘ppi, chopon va samimiy tabassum: Karimovning prezidentlik ilk kunidagi surati

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident Respubliki Uzbekistan Islam Karimov
Prezident Respubliki Uzbekistan Islam Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fond tomonidan omma e’tiboriga havola qilingan so‘nggi suratda prezident jajji bolakaylar qurshovida aks ettirilgandi.

TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Islom Karimov fondi birinchi prezidentning ilgari keng ommaga ma’lum bo‘lmagan nodir suratlarini omma e’tiboriga havola etishda davom etmoqda.

Surat 1990-yil 24-martda, Islom Karimov O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining birinchi sessiyasida O‘zbekiston SSRning prezidenti etib saylangan kuni tushirilgan.

© Foto: Fond Islama KarimovaIslom Karimov va Malik Qayumov O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining birinchi sessiyasida.
Do‘ppi, chopon va samimiy tabassum: Karimovning prezidentlik ilk kunidagi surati - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimov va Malik Qayumov O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining birinchi sessiyasida.

U suratda taniqli o‘zbek va sovet rejissori, SSSR Xalq artisti  Malik Qayumov yonida tasvirlangan. Birinchi prezident baxtiyor bo‘lib ko‘rinadi. U milliy chopon va do‘ppi kiyib olgan.

Islom Karimovga O‘zbekistonni ocharchilikdan saqlab qolishda harbiy aviatsiya yordam bergan

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fond Islom Abdug‘aniyevichni qator suratlari omma e’tiboriga havola etgandi. So‘nggi suratda prezident jajji bolakaylar qurshovida aks ettirilgandi. Islom Karimov yosh fuqarolar bilan suhbatlashish uchun cho‘kkalab o‘tirar va uning yuzida tabbassum jilvalanardi.

Yangiliklar lentasi
0