TOShKENT, 27 yanv – Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston delegatsiyalari davlat chegarasini demarkatsiya qilishga doir huquqiy hujjatlarni tayyorlashdi, deb xabar qildi, O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu hujjutlar 2019-yilning 21-27-yanvar kunlari Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvida muhokama qilingan. Uchrashuv an’anaviy do‘stlik va o‘zaro tushunish muhitida o‘tdi. Tadbir yakuniga ko‘ra Bayonnoma imzolandi.
“Muzokaralar doirasida bir qator normativ-texnik hujjatlar loyihalari tayorlandi. Ushbu hujjatlar asosida demarkatsiya ishlarini o‘tkazish uchun hududlarda davlat chegarasi chizig‘ini aniqlash bo‘yicha muzokaralar boshlanadi. ”, - deyilgan xabarda.
O‘zbekiston va Tojikiston davlat chegarasi uzunligi 1,330 kilometrdan ortiq. Bugungi kun holatida ushbu chegara chizig‘ining 20% demarkatsiya qilinmagan holda qolmoqda.