Toshkentning eng yaxshi restoranlari aniqlandi

© nvnd76Restoran Pasternak v Tashkente
Restoran Pasternak v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ovoz berish hamda soha ekspertlaridan tuzilgan hay’at a’zolari yordamida Toshkentning eng yaxshi restoran, bar, fast-fud, kafe va boshqa muassasalari aniqlandi.

TOShKENT, 27 yanv - Sputnik. Toshkentdagi nufuzli Hyatt Regency mehmonxonasida eng yaxshi jamoat ovqatlanish muassasasi tanlovining yakunlari e’lon qilindi deb xabar qilmoqda, MyDay nashri.

Tanlovda nominatsiyalar bir talay: eng yaxshi restoran, kafe, bar va fast-fud, ofitsiant, shef povar va boshqa bir talay nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlangan. Shunday qilib, ommaviy ovqatlanish sohasida eng yaxshi:  

  • Fast-fud –  GŌSHT;
  • Interyer bo‘yicha - Steam bar;
  • Kafe - ChayKof;
  • Bar - The Bar;
  • Osiyo taomlari - HORI (uchinchi marta);
  • Yevropa taomlari  - Basilic;
  • Milliy taomlar - SalSal;
  • Shef-oshpaz – Aleksey Kovalev.

Tanlovning bosh sovrini, Gran-Pri esa - Pasternak restoraniga berilgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu tanlov Meal&Drinks Choice Award nomi bilan ataladi va O‘zbekistonda uchinchi bor o‘tkazilmoqda. Tanlov g‘oliblari yashirin hay’at a’zolari hamda internet orqali ovoz berishi yo‘li bilan aniqlangan. Ovoz berish jarayonida umumiy hisobda 41 ming kishi ishtirok etgan. 

Tanlov haqidagi ma’lumotlar bilan batafsil quyida tanishishingiz mumkin. 

Yangiliklar lentasi
0