Orol dengizi tubidan suv chiqdi

© Mansur AbdusattorovNa visoxshey chasti Aralskogo morya poyavilas voda
Na visoxshey chasti Aralskogo morya poyavilas voda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Orol dengiziga suv qaytmoqda, mahalliy aholi xursandchiligining cheki yo‘q.

TOShKENT, 27 yanv – Sputnik. Kecha va bugun Orol dengizi tubiga suv qaytdi, degan xabarlar ijtimoiy tarmoqlardagi bir necha guruhlarda paydo bo‘ldi.

Xususan “Xorazm va Xorazmliklar” guruhida paydo bo‘lgan xabarga ko‘ra, Mo‘ynoq shahridan 230 kim masofada joylashgan, Orol dengizining qurigan maydoni ostidan suv chiqqan.

Suv chiqqan joyga birinchi bo‘lib yetib kelgan mahalliy aholi vakillari xursandchilikdan raqsga tushmoqda.

© Mansur AbdusattorovOrol dengizi tubidan suv chiqdi
Orol dengizi tubidan suv chiqdi - Sputnik O‘zbekiston
Orol dengizi tubidan suv chiqdi

Guruh foydalanuvchilari aytishiga qaraganda ushbu suv chorvachilikda, mol qo‘ylarni sug‘orishda juda asqotadi. Quduqlar soni va chiqayotgan suv haji haqida hozircha aniq ma’lumotlar berilmagan.

Yangiliklar lentasi
0