TOShKENT, 27 yanv – Sputnik. Rossiyalik aralash yakkakurashchi Fodor Yemelyanenko Bellator bosh sovrini uchun og‘ir vazndagi jangchilar orasida bo‘lib o‘tgan jangda Rayan Beyderga mag‘lub bo‘ldi, deb xabar qilmlqda RIA Novosti.
Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan jangda, Beyder o‘ng qo‘li bilan Fodorning yuziga kuchli zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Zarba Fodorning nokaut bo‘lishiga va ko‘zi ostida terisi shikastlanishiga olib keldi. Jang 30 soniya davom etdi. Shundan so‘ng referi jangni to‘xtatdi.
Belashuvdan so‘ng Fodor Yemelyanenko uning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazilmaganligini xabar qildi. 42 yoshli Yemelyanenko uchun bu oltinchi mag‘lubiyat bo‘ldi. O‘z karyerasi davomida Fodor 38-marta g‘alabaga erishgan. 27 yoshli Beyder esa 27 g‘alaba va 5ta mag‘lubiyatga uchragan.
JUST LIKE THAT!!!! 💥🤯@RyanBader with the HUGE KO against Fedor Emelianenko!#Bellator214 pic.twitter.com/7fm2XFY1zh
— Bellator MMA (@BellatorMMA) 27 yanvarya 2019 g.