TOShKENT, 27 yanv – Sputnik. Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Far-ona viloyati hududidan 3,5 mln dollarni Qirg‘izistonga olib chiqib ketishga uringan bir necha kishilar ushladi, deb xabar qilmoqda “O‘zbekiston 24” telekanali.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, o‘tkazilgan tezkor tadbir doirasida “Farg‘ona—Yuqori Vodil” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan Nexia avtomobili ichida va Vodil qishlog‘ida yashovchi A.D.ning xonadonidan topilgan mablag‘larning jami 1,763 million dollarni tashkil etgan.
Shuningdek, Qirg‘izistonda tug‘ilib o‘sgan 56 yoshli A.Yo.ning avtomashinasi ham ko‘zdan kechirilganda, 35 dona o‘ramda jami 1 771 650 AQSh dollari topilgan. Aniqlanishicha, ushbu mablag‘lar Toshkentdan Qirg‘izistonga o‘tkazib berishi kerak bo‘lgan.
Tezkor tadbir doirasida qonunbuzarlardan jami 3 534 650 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Pullarning haqiqiy egalarini aniqlash bo‘yicha ham zarur choralar ko‘rilmoqda, deyilgan xabarda.