Surxondaryodagi paxta sexida ko‘p miqdorda davlat mulki talon-toroj qilinganligi aniqlandi

© AFP 2023 / NOAH SEELAMXlopok-sires
Xlopok-sires - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tekshiruv davomida umumiy qiymati 214,4 mln. so‘mlik 72 tonna sara urug‘lik chigitlarni soxta dalolatnomalar rasmiylashtirgan holda chiqim qilganligi aniqlandi.

TOShKENT, 24 yanv – Sputnik. Bosh prokuratura huzuridagi Inspeksiyaning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tekshirishda, viloyatdagi paxta tozalash korxonalarining birida sex boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan S.S. go‘yoki belgilangan tartibda saqlanmaganligi, sifati buzilganligi natijasida ekish uchun yaroqsiz holga kelib qolgan 5 turdagi umumiy qiymati 214,4 million so‘mlik 72 tonna sara urug‘lik chigitlarni soxta dalolatnomalar rasmiylashtirgan holda chiqim qilib, juda ko‘p miqdordagi davlat mulkini talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmatining telegramm-kanali xabar qildi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0