TOShKENT, 24 yanv – Sputnik. Rossiya Federal bojxona xizmati O‘zbekistonda vakolatxona ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sputnik muxbiriga Federal bojxona xizmati matbuot xizmatida ma’lum qilishdi.
“Aniq sanalar haqida aytilmayapti. Birinchi navbatda tomonlar vakillar ish faoliyati uchun normativ-huquqiy hujjatlar bazasini shakllashtirish zarur bo‘ladi. Birinchi bosqichda to‘liq vakolatxona ochmasdan, Federal bojxona xizmati vakillarini O‘zbekistonga jo‘natishni rejalashtirmoqdamiz. Parallel ravishda o‘zbekistonlik hamkasblar bilan vakolatxona ochish bo‘yicha bitim loyihasini bo‘yicha ish olib boramiz”, - deb ma’lum qilishdi Federal bojxona xizmatida.
Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin farmoyishiga asosan Federal bojxona xizmatining mutaxassislari shu yil o‘zida O‘zbekistonga yuborilishi mumkin.
Vakolatxonani ochib bo‘yicha bitim loyihasini tayyorlash uchun 2-3 yil ketishi mumkin.
O‘tgan kuni Rossiya Federal xizmati raisining birinchi o‘rinbosari Ruslan Davidov matbuot anjumanda dunyoning 20 ta mamlakatda vakolatxona mavjudligi va kelgusida uchta davlatda, xususan Niderlandiya, O‘zbekiston va Ozarbayjonda ochishni rejalashtirilganligini ma’lum qildi.