Tashrif davomida Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer, kansler Angela Merkel, Bundestag rahbari Volfgang Shoyble, Bavariya Bosh vaziri Markus Zoder bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Biznes-forumda 8 milliard yevrodan ziyod qiymatdagi yangi loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Munxen shahrida Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda “Siemens”, “Thyssenkrupp”, “Volkswagen”, “Knauf”, “Claas”, “MAN”, “Deutsche Bahn”, “Linde Group”, “Falk Porcshe Technik”, “Atlas International”, “Tenova”, “Giesecke & Devrient”, “Papenburg”, “Euler Hermes”, “Deutsche Bank”, “Commerzbank” kabi Yevropa va jahon bozorining yetakchi kompaniyalari, moliyaviy tuzilmalari rahbarlari ishtirok etdi.