Niderlandiyaliklar O‘zbekistonda tovuq go‘shtini qayta ishlash zavodini qurishga yordam beradi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishPrilavok s masom ptisi. Arxivnoe foto
Prilavok s masom ptisi. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent viloyatida tovuq go‘shtini qayta ishlash fabrikasini qurilishi uchun 10 million yevro kerak bo‘ladi.

TOShKENT, 24 yanv – Sputnik. Niderlandiya kompaniyasi Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida tovuq go‘shtini qayta ishlash zavodini ishga turishga yordam beradi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Prilavok s masom - Sputnik O‘zbekiston
Go‘sht, guruch, shakar: O‘zbekistonda eng arzon va qimmat oziq-ovqatlar sotiladigan shaharlar

Xabarda aytilishicha, kuni kecha O‘zbekistonning Niderlandiyadagi elchisi Dilyor Xakimov bu masalani Marel Holding BV kompaniya rahbariyati bilan muhokama qildi.     

Niderlandiya tomoni respublikada ishlab chiqariladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining assortimentini ko‘paytirish va ularni xalqaro bozorlarga yarim tayyor mahsulot ko‘rinishidagi yetkazib berish imkoniyatlarini ta’minlaydigan qayta ishlash korxonalarini tashkil etishda ishtirok etishga tayyor ekanini bildirdi.

Korxonaning loyiha qiymati 10 million yevro miqdorida baholanmoqda.

Marel Holding BV kompaniyasining vakillari fevral oyining boshida zavod qurilishi masalasini muhokama qilish uchun O‘zbekistonga kelishadi.

Yangiliklar lentasi
0