O‘zbekistonda beshinchi siyosiy partiya ro‘yxatga olindi

© MinYustO‘zbekiston Ekologik partiyasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tdi
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Adliya vazirligi tomonidan yangi partiya davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

TOShKENT, 24 yanv – Sputnik. Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Ekologik partiyasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik telegram-kanalida xabar qilindi.

Yangi partiyaning asosiy maqsadi barqaror rivojlanishga, ekologik xavfsizlikka erishish, hozirgi va kelajak avlod uchun tabiiy resurslarni saqlash va qulay atrof muhitni yaratishga yo‘naltirilgan davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishni ta’minlash, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni saqlash davlat, jamiyat va mamlakat har bir fuqarosining vazifasi bo‘lishiga erishishga ko‘maklashishga qaratilgan.

Alixanov Boriy Batirovich - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yana bir siyosiy kuch maydonga keldi

Shu munosabat bilan, Adliya vazirligida O‘zbekiston Ekologik partiyasi faollari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda partiya Markaziy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisiga partiya davlat ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma taqdim qilingan.

Ma’lumot uchun: dunyoda ekologiya yo‘nalishidagi qariyb 100 ta siyosiy partiya faoliyat yuritadi. Odatda “yashillar” nomi bilan yuritiluvchi bu partiyalar, parlament orqali ekologiya sohasidagi davlat siyosati g‘oyalarini ilgari suradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda yana bir siyosiy partiya - O‘zbekiston ekologik partiyasi paydo bo‘lgani haqida ma’lum qilgandik.

Yangiliklar lentasi
0