TOShKENT, 24 yanv - Sputnik. Kiyevning Obolon tuman sudi Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichni sirtdan davlatga xoinlik qilish ayblovi bo‘yicha 13-yilga ozodlikdan mahrum qildi, deb xabar qildi “RIA Novosti”.
Hukmni raislik qiluvchi sudya Vladislav Devatko o‘qib eshittirdi.
Sudya ishda jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar yo‘qligini ma’lum qilgan.
Shuningdek, sobiq prezidentning mulkini hibsga olish haqidagi qaror ham o‘z kuchida qolgan.
Hukm o‘qib eshittirilgandan so‘ng prezidentning advokati hukm ustidan shikoyat keltirishini ma’lum qildi.