Samarqandda haydovchidan 50 dollar pora olgan tuman ma’muriy sud raisi qo‘lga olindi

Obuna bo‘lish
Samarqand viloyati Oqdaryo tuman ma’muriy sudi raisi O.F. 50 dollar miqdorida pora olayotgan paytida qo‘lga olingan.

TOShKENT, 24 yanv – Sputnik. Samarqand viloyati Oqdaryo tuman ma’muriy sudi raisi O.F. 50 AQSh dollari miqdorida pora olayotgan paytida qo‘lga olingan. Bu haqda UzNews.uz internet portali xabar berdi.

Nurxon Nafasov - Sputnik O‘zbekiston
Bosh prokuratura Nurxon Nafasov bilan bog‘liq xabarga raddiya berdi

Xabarda aytilishicha, O.F. fuqaro A.T.dan unga nisbatan tayinlangan ikki yilga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish jazosini qisqartirib berish evaziga 100 AQSh dollari miqdorida pul so‘ragan.

"Joriy yilning 18-yanvar kuni O.F. fuqaro A.T.dan 50 dollarni olib, qolgan 50 dollarni tez kunda olib kelishini talab qilgan.

2019 yil 22-yanvar kuni O.F. fuqaro A.T.dan 50 dollarni o‘z xizmat xonasida pora tariqasida olgan vaqtida huquqni muhofaza etuvchi organlar xodimlari tomonidan ushlangan", - deyilgan xabarda.

O.F.ga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 210 moddasi 2 qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ayblanuvchi qamoqqa olinib, tergov olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0