Komadagi ayol tug‘di: AQShda tibbiy xodim nomusga tegish aybi bilan hibsga olindi

© FotoliaRabota amerikanskoy politsii
Rabota amerikanskoy politsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Farzand ko‘rgan ayol 10-yil davomida chuqur koma holatida bo‘lgan. Politsiya DNK testi yordamida tug‘ilgan chaqaloqning otasi kim ekanligini aniqladi.

TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. AQShda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari koma holatida yotgan ayolni zo‘rlagan tibbiy xodimni hibsga olishdi, deb xabar qildi Fox News telekanali.

10 yil davomida chuqur koma holatida bo‘lgan ayol farzand ko‘rdi.

Politsiya xodimlari kasalxonada ishlagan 36 yoshli tibbiy xodim Natan Sazerlendni qo‘lga olishdi. DNK testi yordamida u tug‘ilgan chaqaloqning otasi ekanligi aniqlandi, deb ma’lum qildi Arizonadagi Finiks shahri shef politsiyasi Jeri Uilyams.

“Biz bu ishni tekshirish uchun tunu kun to‘xtovsiz ishladik”, - dedi Uilyams.

Shef politsiya hibsga olingan tibbiy xodim kasalxonada 2011-yildan buyon ishlab kelganini va shu davr ichida qancha bemorlar uning jinsiy qurboniga aylangani hozircha ma’lum emasligini qo‘shimcha qildi.

© REUTERS / HANDOUTHibsga olingan tibbiy xodim Natan Sazerlend.
Komadagi ayol tug‘di: AQShda tibbiy xodim nomusga tegish aybi bilan hibsga olindi - Sputnik O‘zbekiston
Hibsga olingan tibbiy xodim Natan Sazerlend.

Mazkur shov-shuvli voqeadan keyin kasalxonada yangi qoida joriy etildi: erkak tibbiy xodimlar bemor ayollar oldiga faqat boshqa shifokor ayollar bilan kirishlari kerak.

Koma [yun. κῶμα– chuqur uyqu] – hayotga xavf to‘ldiruvchi holat; markaziy nerv tizimi faoliyatining izdan chiqishi, butunlay hushdan ketish, tashqi ta’sirlarga javob bermaslik va organizmning hayot uchun muhim faoliyatlari boshqarilishining buzilishi bilan ifodalanadi.

Yangiliklar lentasi
0