TOShKENT, 23 yanv – Sputnik. Ravshan Ermatov Osiyo Kubogi chorak finalidan o‘rin olgan Xitoy - Eron uchrashuvida ishlaydi, deb xabar qildi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi.
24 yanvardan boshlab Osiyo Kubogi chorak final bahslariga start beriladi.
Osiyo Kubogining shu bosqichidan boshlab VAR tizimi amalda qo‘llanilishi avval ma’lum qilingandi.
Ravshan Ermatov Xitoy - Eron uchrashuviga videotakrorlar bo‘yicha referi assistenti sifatida tayinlangan.
O‘yinni qatarlik Abdulrahmon Al-Jassim boshqaradi.