TOShKENT, 22 yanv – Sputnik. O‘zbekiston xalq artistlari Sherali Jo‘rayev, Ortiq Otajonov va “Nihol” mukofotining sovrindori Feruza Jumaniyozovalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Mo‘ynoq tumaniga tashrif buyurishdi.
Bu haqda "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, san’atkorlar ushbu tumandagi 2-son Bolalar musiqa va san’at maktabiga kelib, “mahorat dars”lari o‘tkazishdi.
Shundan so‘ng, Mo‘ynoqni rivojlantirish dasturi asosida mehnat qilayotgan hasharchilar uchun o‘z konsert dasturlarini taqdim etishdi.