O‘zbekistonda eng ko‘p o‘limga sabab bo‘layotgan kasalliklar ro‘yxati e’lon qilindi

© Sputnik / Sergey Kuznetsov / Mediabankka o‘tishXirurg pered nachalom operatsii
Xirurg pered nachalom operatsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi 2018-yilning yanvar-dekabr oylarida vafot etganlar sonini ma’lum qildi.

TOShKENT, 22 yanv – Sputnik. O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi 2018-yilning yanvar-dekabr oylarida vafot etganlar sonini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, 2018-yilning yanvar-dekabr oylarida 154,7 mingta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan o‘lim koeffitsiyenti 4,7 promilleni tashkil etdi. Ushbu  ko‘rsatkich 2017-yilning mos davriga nisbatan 0,3 promillega kamaygan (2017 yilning yanvar-dekabr oylarida 5,0 promille bo‘lgan).

V bolnitse - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston noto‘g‘ri ovqatlanishdan o‘lim holatlari darajasi bo‘yicha “yetakchi” bo‘ldi

2018 yilning yanvar-dekabr oylarida qayd etilgan vafot etganlarning 60,3 foizi - qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 9,7 foizi - o‘simtalardan, 6,5 foizi - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 5,6 foizi - ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 4,0 foizi - nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 1,5 foizi - yuqumli va parazitar kasalliklardan hamda 12,4 foizi - boshqa kasalliklardan vafot etgan. 

Ro‘yxatga olingan 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soni 7,5 ming nafarni tashkil etib, ularning 60,5 foizi - perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 16,8 foizi - nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 11,7 foizi - tug‘ma anomaliyalardan, 2,3 foizi - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 2,5 foizi - yuqumli va parazitar kasalliklardan, 0,7 foizi - ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan va 5,5 foizi - boshqa kasalliklardan vafot etgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq olimlari noto‘g‘ri ovqatlanish sabab yuz beradigan o‘lim holatlari darajasi bo‘yicha mamlakatlar reytingini tuzganliklari va O‘zbekiston o‘lim holatlari soni bo‘yicha “yetakchi” bo‘lgani haqida xabar bergandik.

Yangiliklar lentasi
0