Buyuk Britaniya O‘zbekistonda arzon xususiy maktablar ochadi

© Sputnik / Anton Unisin / Mediabankka o‘tishPustie parti v odnom iz klassov
Pustie parti v odnom iz klassov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Britaniya delegatsiyasi ayni paytda O‘zbekistondagi maktablar va institutlardagi o‘qish sharoitlari bilan tanishmoqda.

TOShKENT, 22 yanv – Sputnik. Britaniyaning Acumen Education kompaniyasi MBU Capital investitsiya kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda hamonbop xususiy maktablar tarmog‘ini yaratishni rejalashtirmoqda, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Britaniyaning Acumen Education va MBU Capital kompaniyalari vakillari ta’lim tizimi va mahalliy sharoitlarni o‘rganish uchun O‘zbekistonga 21-yanvar tashrif buyurishgan.

O‘zbekistonda nechta maktab o‘quvchisi bor - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda nechta maktab o‘quvchisi bor

MBU Capital kompaniyasi muassisi, ijrochi direktori va investitsiya bo‘yicha bosh mutaxassisi Iqbol Muhammad hamda Acumen Education ijrochi direktori Mark Labovich rahbarligidagi delegatsiya Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Atabek Nazirov bilan uchrashgan edi.

Uchrashuvda Britaniya kompaniyalari vakillari tomonidan ayni paytda O‘zbekistonda hamonbop xususiy xususiy maktablar tarmog‘ini va premium maktabini hamda xorijiy universitet ochish uchun sarmoya kiritish masalalari muhokama qilindi.

Acumen Education i MBU Capital kompaniyalari delegatsiyasi tashrifi joriy yilning 26-yanvarigacha davom etadi. Delegatsiya a’zolari bir qator davlat tashkilotlari, shuningdek, moliya institutlarida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazadi hamda ular Toshkent va Samarqand shahridagi maktablarga tashrif buyuradilar.

Yangiliklar lentasi
0