Andijon viloyatida 47,3 million so‘mni o‘zlashtirib yuborgan fuqaro qo‘lga tushdi

© SputnikUzbekskaya valyuta - sum
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suv iste’molchilari uyushmalarida ma’lum muddat hisobchi vazifasida ishlab kelgan fuqaro 47,3 mln. so‘m pul mablag‘larini o‘zlashtirganligi aniqlangan.

TOShKENT, 22 yanv – Sputnik. Andijon viloyatida 47,3 million so‘mni o‘zlashtirib yuborgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Inspeksiyaning Izboskan tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshirishda, fuqaro N.M. tumandagi uchta suv iste’molchilari uyushmalarida ma’lum muddat hisobchi vazifasida ishlab kelgan holda mansab vakolatini suiiste’mol qilib, aslida korxonada ishlamagan jami 6 nafar shaxslarning mehnati to‘g‘risida soxta tabellar tuzib, shu asosda ularga ish haqi to‘lab borib, o‘ziga ishonib topshirgan.

Xabarda aytilishicha, ushbu fuqaro ixtiyorida bo‘lgan 47,3 million so‘m pulni o‘zlashtirganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro N.M.ga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0