Ravon R4 Lada Vestaning juda kuchli raqobatchisi bo‘ladi – ekspert

© Sputnik / Vadim ShekunRavon v Rossii: bit ili ne bit
Ravon v Rossii: bit ili ne bit  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyadagi “Yo‘l harakatida xavfsizlikni ta’minlash” jamoatchilik tizimining rahbari o‘zbek avtomobilining MDH bozoridagi istiqbollarini baholadi.

TOShKENT, 21 yanv – Sputnik. Rossiyadagi “Yo‘l harakatida xavfsizlikni ta’minlash” jamoatchilik tizimining rahbari, rus eksperti Konstantin Kroxmal o‘zbek avtomobili istiqbollari haqidagi fikrini Sputnik O‘zbekiston radio efirida bildirib o‘tdi.

“Ravon – bu “yo‘ldagi ishonchli faol avtomobil” deb tarjima qilinadigan Reliable Active Vehicle On Road iborasining abbreviaturasidir. Markaning nomidayoq, bu eng yaxshi avtomobil ekanligi aytiladi. Mashina istiqbollari juda kuchli, uning Rossiyadagi narxi uch yuz ming rubl atrofida. Bunday klassdagi avto uchun bu arzimagan pul, - deydi Konstantin Kroxmal.

U “Ravon” avtomobili haqiqatdan ham Rossiya, O‘zbekiston va Ukrainada juda yaxshi sotilayotganini ta’kidladi.

O‘zbekistonga o‘z “xalq avtomobili” kerak

Kroxmal so‘zlariga ko‘ra, “Ravon R4” bu brend muqobilidagi avtomobillar bilan nafaqat narxi, balki yorug‘lik diodli faralar va yaxshilangan xavfsizlik yostiqchalar bilan jihozlanganligi bo‘yicha raqobatlashadi.

“Ravon R4” rus Lada Vesta᾽sini siqib chiqarib, juda kuchli raqobat keltirib chiqarishi kerak. Buning ustiga, boshlang‘ich narxi to‘rt yuz mingdan sal ko‘proq bilan boshlanadi. Bu klassdagi avto uchun – bu juda zo‘r”, - ishonchi komil ekspertning.

Ekspert fikriga ko‘ra, GM Uzbekistan avtoning piariga ko‘proq ahamiyat berishi va o‘z markalari olg‘a siljishiga pulni ayamasligi lozim. Ana o‘shanda MDH miqyosida savdo darajasi yanada oshadi.

Ekspertning to‘liq fikrini quyidagi poskast orqali rus tilida tinglashingiz mumkin.

Kroxmal: Ravon R4 sostavit jestochayshuyu konkurensiyu Lada Vesta
Yangiliklar lentasi
0