TOShKENT, 21 yanv – Sputnik. Samarqandda 450 mln so‘mdan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirgan moliyaviy piramidaning yangi turi fosh qilindi, deb xabar qilmoqda “Xalq so‘zi” nashri, IIV xabariga asosan.
“Samarqand viloyatida bir guruh shaxslar tomonidan “OLTINYUL.UZ” va “E-SUM.UZ” veb-saytlari orqali fuqarolarni mulkiy manfaatga qiziqtirib, «Moliyaviy piramida» loyihasi tuzilgan”, - deyilgan xabarda.
Jinoyatchilar tuzgan moliyaviy piramida juda oddiy ishlagan: internet tarmog‘ida “Milliy Elektron Gashtak” nomli loyiha tashkil qilingan bo‘lib, unga qo‘shilgan har bir yangi ishtirokchi o‘z “ustozi”ga 50 ming so‘mdan “yordam puli” to‘lagan va keyin o‘zi ham piramidaga yangi ishtirokchila qidirishga tushgan. Keyinchalik har bir jalb qilingan kishining to‘lovidan uning o‘zi ham ulushini olgan. 50 ming so‘m katta pul bo‘lmagani tufayli aksariyat jabrlanganlar huquqni saqlash organlariga murojat qilmagan.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, tovlamachilar 8 200 nafardan ziyod fuqarodan jami 450 mln. so‘mdan ortiq pul mablag‘lari yig‘ib olib, ularni o‘zlashtirib olishgan.
Ushbu ish yuzasida IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan N.R. va uning sheriklariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1881-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.