TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Ispaniyaning Malaga shahrida yetti kundirki chuqur quduqqa tushib ketgan bolani qutqarish bo‘yicha operatsiya davom etmoqda. Bu haqda Ispaniya mahallliy OAVlari xabar bermoqda.
Xulen ismli 2 yoshli bolakay 13-yanvar kuni ota-onasi bilan sayr qilayotgan vaqtda shaxtaga tushib ketadi. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, quduqni uchastka egasi suv qidirmoqchi bo‘lib qazigan, ammo atrofini o‘rab qo‘yishni unutgan.
Quduq chuqurligi taxminan 100 metr, diametri esa atiga 25 santimetrni tashkil etadi. Shu bois qutqaruvchilar pastga tusha olmayabdilar.
Taxmin qilinishicha, bolakay 80 metrlik chuqurlikda.
Qutqaruvchilar shaxtani bola ustiga qum-tuproq tushmasin deb kengaytirishga jur’at qilishmagan. Ular bolani qutqarish umidida yonidan parallel quduq qazishmoqda.
Xabarda keltirilishicha, avvaliga quduqdan Xulenning yig‘isi eshitilardi, biroq keyinchalik u tirik ekanligidan nishon bermay qo‘ydi.