Avstraliyani yutsak, qo‘y so‘yaman – futbol muxlislari

Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlarda futbol muxlislari O‘zbekiston terma jamoasi g‘alabasiga umid bildirishmoqda.

TOShKENT, 21 yanv – Sputnik. Facebookdagi “Xalq bilan muloqot” guruhida bugun shunday post paydo bo‘lib juda ko‘plab izohlarga sabab bo‘lmoqda.

Glavniy sudya vo vremya futbolnogo matcha - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston-Avstraliya uchrashuviga kim sudyalik qilishi ma’lum bo‘ldi

Biroz oldin Azizbek Bayzakov ismli foydalanuvchi “Aytishlaricha, bugun milliy termamiz Avstraliyani mag‘lub eta olsa, qo‘y so‘yaman degan muxlislar ko‘p emish”, - degan post qoldirgan edi.

Bir zumda ushbu post ostida 100ga yaqin izohlar paydo bo‘ldi. Ular orasida “Qo‘ylarda nima ayb?”, degan izohlar ham bir talay.

Shu bilan birga hazilomuz va kinoyali izohlar ham juda ko‘p. E’tiboringizga ulardan ba’zilarni keltiramiz:

  • Fil suysa ham yuta olmaydi, - deb yozgan K.Almazov imli guruh a’zosi.
  • Qo‘ylar esa bayram qilayotgan emish, bu safar ham so‘yilmay qolamiz, - deydi U.Avazov.
  • Qo‘yxonada qo‘ylar Avstraliyaga balet qilishmoqda, - deb hazil qilgan S.Mirzakarimov.
  • Yutishga urinib ko‘rishni yana bir usuli bor. Madhiyani aytib bo‘lish bilan ortidan “Mendirman o‘sha”niyam aytvorsin.Zora yuragida ozgina faxr uyg‘onsa bu uyinchilarni, - deb yozgan A. Kadirov.

Aksariyat guruh a’zolari “Yutishsin Avstraliya Brazil emas”, kabi so‘zlar bilan, O‘zbekiston terma jamoasiga omad tilab qolishgan. 

Yangiliklar lentasi
0