O‘zbekistonda rotavirusga qarshi vaksina ishlab chiqariladi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishRabota Novouralskogo zavoda "Medsintez"
Rabota Novouralskogo zavoda Medsintez - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hindiston kompaniyasi O‘zbekistonda rotavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi.

TOShKENT, 20 yanv - Sputnik. O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vaziri Ibroxim Abduraxmonov hamda Hindistonning Bharat Biotech International kompaniyasi rahbari Venkatraman Sivaramakrishnan bilan O‘zbekiston talablariga javob beradigan vaksina ishlab chiqarish haqida kelishib olishdi, deb xabar qilmoqda Nuz.uz nashri.

Dastlabki bosqichda kompaniya O‘zbekistonga rotavirus diareyasi kasalligini oldini olish maqsadida vaksinani bugungi kundagi narxdan 50% arzon narxda yetkazib beradi, - deyilgan xabarda.

Ikkinchi bosqichda, Bharat kompaniyasi O‘zbekistonga ROTAVAC vaksinasini ishlab chiqarish uchun kerak bo‘ladigan tayyor xom ashyo yetkazib beradi. Keyinchalik esa mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi to‘liq yetkazib beriladi.

Innovatsion rivojlanish vazirligining vazifasi – ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun kerak bo‘ladigan yer maydoni, bino, aspob-uskuna, kerakli ruxsatnomalar bilan ta’minlash hamda boshlang‘ich bosqichda ishlab chiqarishni koordinatsiya qilish vazifalari kiradi.

Yangiliklar lentasi
0