Germaniya O‘zbekistonga kelayotgan turistlarni ogohlantirdi

© REUTERS / FABRIZIO BENSCHFlag Germanii, prispushenniy v znak traura.
Flag Germanii, prispushenniy v znak traura. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Germaniya TIV O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlarni chegaraga yaqin hududlardagi xavflardan hamda ko‘cha jinoyatchiligidan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

TOShKENT, 20 yanv – Sputnik. Germaniya Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonga otlangan turistlarni bir necha xavflar haqida ogohlantirdi.

“O‘zbekistonda umumiy vaziyat tinch bo‘lishiga qaramasdan, Markaziy Osiyo hududida faoliyat yuritayotgan islomiy kuchlardan ehtiyot bo‘lish kerak, ayniqsa chegaraga yaqin hududlarda”, - deyilgan xabarda.

Germaniya TIV xabarida sayyohlar ayniqsa Farg‘ona vodiysining Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasiga yaqin hududlarida ehtiyot bo‘lishlari kerakligi va ushbu hududlarda chegaraning ayrim joylari haligacha minalashtirilgan bo‘lishi mumkinligi aytib o‘tilgan.

Ploshad i Dvores Drujbi narodov s gigantskim flagom Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Ekspertlar O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz davlat deb tan olishdi

Undan tashqari germaniyalik turistlarga tungi vaqtlarda ko‘chalarda yolg‘iz yurmaslik, imkon qadar guruhlar tarkibida sayohat qilish hamda o‘z buyumlariga ehtiyot bo‘lish tavsi etilgan.

Shuningdek, gepatita A, ko‘kyo‘tal, qizamiq kasalliklariga  qarshi emlanish tavsiya etilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada International SOS va Control Risks kompaniya tomonidan 2019-yilga sayyohlar uchun tavsiya qilingan xavfsizlik xaritasida, O‘zbekiston xavfsizlik darajasi nisbatan past bo‘lgan, Yevropa Ittifoqi, AQSh va Kanada bilan bir qatorda  ko‘rsatilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0