"M Tower": Toshkent markazida 27 qavatli osmono‘par bino bunyod etiladi - foto

© Tochka dizaynaProyekt 136-metrovogo neboskreba v Tashkente
Proyekt 136-metrovogo neboskreba v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turar-joy majmuasi respublikada seysmik faollikni hisobga olgan holda quriladi

TOShKENT, 19 yanv - Sputnik. Toshkent markazida 27 qavatli stalin baland binolari stilida M Tower osmono‘par turar-joy bunyod etiladi.

136 metrli bino loyihasi Moskvaning "Tochka dizayna" studiyasi tomonidan Murad Buildings buyurtmasiga asosan ishlab chiqilgan. Bu tashkilotning O‘zbekistondagi ilk loyihasidir.

"Loyiha stilistikasi studiyamizda shunga o‘xshash stilda bundan oldin yaratilgan me’morchilik loyihalariga asoslangandi", - deb xabar qildi Sputnik O‘zbekistonga arxitektura burosi matbuot-xizmati.

© Tochka dizaynaV sentre Tashkenta postroyat 27-etajniy neboskreb M Tower v stile stalinskix visotok
M Tower: Toshkent markazida 27 qavatli osmono‘par bino bunyod etiladi - foto - Sputnik O‘zbekiston
V sentre Tashkenta postroyat 27-etajniy neboskreb M Tower v stile stalinskix visotok

Buro vakili ta’kidiga ko‘ra, osmono‘par bino loyihasi respublikadagi seysmik faollikni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.

"Hudad yeri tadqiq qilingach, biz ish hujjatlariga zaruriy tuzatishlarni kiritdik", - deya ishontirdi buro vakili.

Osmono‘par binoning birinchi qavatida alohida resepshen va launjga ega lobbi va jamoat zonasi bo‘lishi kutilmoqda. Ikkinchi va uchinchi qavatlarni to‘liq tijorat maydonlari egallaydi: fitnes-markaz, spa va ofislar. To‘rtinchi qavatdan 27-qavatgacha xonadonlar joylashadi (ikkita vip-qavatlarda terassalar bo‘ladi).

Yangiliklar lentasi
0