TOShKENT, 19 yanv - Sputnik. 2019-yil yanvar oyidan Davlat maktabgacha ta’lim muassasalari qo‘shimcha pullik ta’lim-tarbiya xizmatlari ko‘rsatish huquqini qo‘lga kiritdi, deb xabar qildi Maktabgacha ta’lim vazirligi.
Endilikda bog‘cha tarbiyachilari qo‘shimcha to‘lov evaziga bolalarga dam olish kunlari va ish kuni yakunidan keyin qarab turishlari mumkin.
Bundan tashqari, ota-onalar o‘z farzandlarini maktabgacha ta’lim muassasasi ta’lim dasturidan tashqari o‘tkaziladigan pulli to‘garaklarga qo‘yishlari mumkin. Bunday to‘garaklar turiga sport-sog‘lomlashtirish, turli fanlar bo‘yicha darslar, xor va raqs kiradi.
Pullik to‘garaklarda 25tagacha bolalar ta’lim olishlari mumkin.
Pullik xizmatlar turlari va narxi MTV Kuzatuv kengashi tomonidan o‘rnatiladi.